Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonlik jurnalist Putindan nima uchun Donbassdagi rusiyzabon va Rossiyani qo‘llovchi ukrainlarning uylarini yakson etayotganini so‘radi
Rossiya prezidenti avvaliga «savolni tushunmagani»ni aytgan. U bu odamlar urush boshlangach, nimadan «shokka tushgani»ni tushunmagan.
Foto: Getty Images
Hindistonga tashrifi arafasida Vladimir Putin mahalliy OAVga katta intervyu berdi. Intervyu 4 dekabr kuni e’lon qilindi. Bu suhbat chog‘ida India Today telekanali jurnalisti Gita Mohan RF prezidentidan rus tilida gapirishi va Kreml siyosatini qo‘llashiga qaramay, nima uchun Rossiya armiyasi Donbassdagi tinch ukrainlarning uylarini yakson etayotgani haqida so‘ragan. Putin avvaliga o‘zini savolni tushunmagandek tutgan. Keyin esa aslida «Kiyev rejimi» Donbassning o‘zi nazorat qilmaydigan qismini yakson etayotganini, Rossiya rus tilli ukrainlarga «yordam ko‘rsatayotgani»ni aytgan.
Bu muloqot quyidagi shaklda kechgan.
Gita Mohan: Janob prezident, siz tarixni eslatyapsiz va bu meni mojaro boshlangan vaqtdagi ishimni yodga soldi. Luhansk, Donetsk, Xersonga borgandim. U yerlarda haqiqatan ham ko‘pchilik rus tilida gaplashadi, ular rus tilida gapirishadi. Ular Kiyev Ukraina sharqida bu tilni taqiqlaganidan juda xafa edi. Ammo ular ham shokda qolishgandi: Putin biz bilan qanday munosabatda bo‘lyapti, biz uning xalqimiz! Men bilan suhbatlashgan ko‘plab ayollar shokda edi. Ukraina sharqidagi, Rossiya va Ukraina o‘rtasida doimiy ravishda ko‘chib yuradigan, amalda oilasi Rossiyada bo‘lgan odamlarga nima deya olasiz? Ularga nima degan bo‘lardingiz?
Vladimir Putin: Savolni tushunmadim: nimadan shokka tushishgan?
Gita Mohan: Men uchrashgan odamlar uylari vayron qilinishiga sabab bo‘lgan harbiy amaliyot boshlanganidan shokka tushishgandi. Ular Ukraina sharqida yashaydi, ular doimo Rossiyani, rus xalqini ardoqlashgan, o‘zlari ham rusiyzabon bo‘lishgan.
Vladimir Putin: Javob juda oddiy: ular aftidan, Ukrainaning o‘sha qismida, aytaylik, Lugansk yoki Donetsk oblastining Kiyev hukumati nazorati ostida bo‘lgan qismida yashagan. Lugansk yoki Donetsk oblastlarining ularning nazorati ostida bo‘lmagan qismi esa Kiyev rejimi tomonidan yakson qilindi. Va biz bu hududlarning o‘z mustaqilligini e’lon qilgan qismini qo‘llab-quvvatlashni boshlashga majbur bo‘ldik, – bu birinchidan.
Ikkinchidan – biz odamlarga ochiq referendumda o‘z fikrlarini bildirish uchun imkoniyat taqdim etdik: kim Rossiya bilan birga bo‘lishni maqsadga muvofiq deb bilsa, u shuning uchun ovoz berdi, kim yo‘q desa, u bemalol Ukraina davlatining boshqa qismlariga ketishi mumkin edi. Marhamat, biz bunga hech qachon xalaqit bermaganmiz.
Xuddi shu intervyuda Putin Rossiya nima bo‘lganda ham «Donbassni ozod qilishi»ni aytadi. «Umuman olganda, barchasi shunga qarab boradi: yoki biz bu hududlarni qurolli yo‘l bilan ozod qilamiz, yoki Ukraina qo‘shinlari oxir-oqibat bu hududlarni tark etadi va u yerda odamlarni o‘ldirishni to‘xtatadi», – degan u.
Ma’lumot uchun, Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha «Tramp tinchlik rejasi» bandlaridan birida Ukraina Donetsk va Luhansk oblastlari hududidan qo‘shinlarini olib chiqib ketishi va amalda Donbassni Rossiyaga topshirishi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
21:21
Putin Zaporojiye shahrini egallash uchun hujumni davom ettirishni buyurdi
14:10
Rossiyada yangi tartib: Putin amaldorlar deklaratsiyasini o‘zgartirdi
08:29
Donbass masalasi hal bo‘lmadi: Tramp va Zelenskiy uchrashuvi natijalari
17:00 / 28.12.2025