Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bog‘cha va maktablar oldida ruxsat etilgan tezlik me'yori keskin kamaytiriladi
O‘zbekistonda bog‘cha va maktablar oldida ruxsat etilgan tezlik me'yori keskin kamaytiriladi. Bu jamoat xavfsizligi konsepsiyasiga oid prezident farmoni bilan tasdiqlangan strategiyada belgilab qo‘yilgan.
Foto: Spot
Qayd etilishicha, yo‘l harakati xavfsizligini to‘liq ta'minlash borasida bir qator zamonaviy yondashuvni amaliyotga tatbiq etish ko‘zda tutilmoqda.
Xususan, maktabgacha ta'lim va umumta'lim muassasalariga yondosh yo‘llarda tezlik me'yorlarini keskin kamaytirgan holda, ushbu me'yorlarni barcha joylar uchun yagona etib qat'iy belgilash rejalashtirilgan.
Shuningdek, shahar va tumanlarning aholi gavjum joylarida piyodalar yo‘lakchalariga piyodalar boshqaradigan svetoforlarni o‘rnatish mo‘ljallanmoqda.
Umumta'lim muassasalarida "Harakat xavfsizligi sinfxonalari", mahallalarda "Yo‘l harakatini o‘rgatish maydonchalari" tashkil etiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga yo‘l harakati xavfsizligi asoslarini o‘qitish tizimi joriy etilib, yo‘llarda, chorrahalarda va piyodalar o‘tish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy hamda ko‘rgazmali tarzda o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.
Avvalroq, yo‘l harakati qoidalarini muntazam qasddan buzuvchilarga nisbatan jinoiy javobgarlik kuchaytirilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:39 / 21.01.2026
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
23:31 / 16.01.2026