Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stiven Soderberg Panamadagi ofshor mojarosi haqidagi filmga prodyuserlik qiladi
“Oskar” mukofoti laureati Stiven Soderberg Panamadagi ofshor mojarosi haqidagi filmga prodyuserlik qiladi. Bu haqida ComingSoon ma'lum qildi. Unga ko‘ra, Soderberg ushbu loyihada rejissyor sifatida ham ishtirok etishi mumkin.
Filmga Jyeyk Bernstaynning “Maxfiyat dunyosi” hujjatli asari asos qilib olinadi. Stsenariyni Soderberg bilan “Axborotchi!”, “Zararlanish” va “Teskari ta'sir” lentalarida birga ishlagan Skott Z. Byorns yaratadi.
Filmga egalik qilish huquqi Grey Matter Productions kompaniyasiga tegishli. Uning ekranizatsiyasi Anonymous Content bilan hamkorlikda suratga olinadi.
3 aprel kuni dunyo yetakchilari, siyosatchilari, sportchilari va madaniyat arboblarining ofshor bitimlarga aloqadorligiga doir keng qamrovli tergov ishlari haqida rasmiy xabar tarqalgan.
Mavzuga oid
16:17 / 23.05.2025
Netflix Amir Temur haqidagi filmni suratga oldi
19:38 / 08.06.2024
Yakuniy benefitsiarlarni ochiqlash haqidagi qonun taqdiri nima bo‘ldi?
15:51 / 15.04.2023
Benefitsiarlari ofshorda ro‘yxatdan o‘tgan norezidentlar ham O‘zbekistonda bank ochishi mumkin bo‘ladi
07:57 / 11.04.2023