Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Putinga: Tramp seni 20-vagonga o‘tkazadi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya bilan kutilayotgan ochiq nizoga nisbatan munosabat bildirdi. Lukashenko Tramp Putinni poyezdda o‘z yoniga emas, 20-vagonga (Rossiya iqtisodiyoti nechanchi o‘rindaligiga qarab) o‘tkazishini taxmin qildi. AsiaPlus'da shu haqida ma'lumot va video taqdim etildi.
Lukashenko Federal xavfsizlik xizmati (FXX)ning Belarus bilan chegara zonasi rejimini tiklashga doir qaroridan keyin Rossiyani tanqid qildi.
"Tramp - Amerika prezidenti, uning shiori "Amerikani qudratli qilamiz"... Biz Putin bilan bu muammoni muhokama qilganimizda men uning savoliga o‘z nuqtai nazarimni bildirganman. Tasavvur qil, deganman, muzokaralar stolida o‘tiribmiz, biz ikkimiz va qarshimizda Tramp yoki sen u bilan, to‘g‘rida esa "Amerikani qudratli qilamiz" shiori yozilgan. Sen qaysi vagonda o‘tirasan? Birinchi vagonga o‘zlari bilan o‘tkazishmaydi, 27- yoki 20-vagonga o‘tkazishadi, xuddi Rossiya iqtisodiyoti kabi. 20-o‘rin - 20-vagon. Rozi bo‘larmiding? Yo‘q, men xam rozi bo‘lmasdim. Bunga keyin qanday munosabat bildirish mumkin? Amerikadagi prezidentni siz sayladingiz, axir. U ham yomonmi? Obama ham yomon, bu ham, shundaymi? Shuni yaxshi tushunib yetish kerakki, Amerika o‘z davlati manfaatini ustun qo‘yadigan prezidentni sayladi, Rossiya yo Belarus manfaatini emas. U ba'zilar o‘ylagandek ahmoq ham emas", - dedi Lukashenko.
Mavzuga oid
16:08 / 30.01.2026
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
07:50 / 23.01.2026
Putin Kremlda Trampning vakillari bilan uchrashdi
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
10:30 / 21.01.2026