Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ilk bor AQShdagi nufuzli universitet fakulteti ochiladi
Foto: TATU
Joriy yilning 27 iyun kuni AQShning Vebster (Webster) universiteti vitse-prezidenti Piter Maher Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tashkil etilgan uchrashuv davomida har ikki Universitetlar o‘rtasida imzolangan Memorandum bandlarini bajarish maqsadida, Webster universitetining xalqaro ta'lim dasturi asosida TATUda fakultet tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Boshlang‘ich muzokaralar natijasida, “Axborot texnologiyalari (Informatika, Kiberxavfsizlik)”, “Media kommunikatsiya (Televizion texnologiyalari)” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat dasturini o‘quv jarayoniga tadbiq etish yuzasidan kelishib olindi.
28 iyunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida AQShning Webster universiteti ta'lim ishlari, xalqaro kampus va tashabbuslar bo‘yicha vitse-prezidenti Piter Maher bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Webster universiteti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetlari o‘rtasida AKT sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi. Xususan, birgalikda talabalar uchun ta'limiy va talaba almashinuv dasturlarini, shuningdek ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilishda istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda Webster universiteti bilan hamkorlik axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, xalqaro standartlar asosida soha mutaxassislarining zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.
Mavzuga oid
19:11
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
15:14 / 27.12.2025
Xitoy Tayvan tufayli AQShga qarshi sanksiyalar joriy qildi
14:06 / 27.12.2025
OAV: AQSh ishchilar sinfi orasida Tramp reytingi rekord darajada tushib ketdi
10:25 / 27.12.2025