O‘zbekiston | 09:00 / 25.09.2023
9641
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Korzinka Karta dasturi 15 yilligiga kompaniyadan “Yutuqli xaridlar” aksiyasi e’lon qilindi

Foto: Korzinka

Ayni vaqtda tarmoqning barcha supermarketlarida chekdagi har 50 000 so‘m uchun 1 500 000 so‘mgacha lahzalik sovrinlar o‘rin olgan katta o‘yin bo‘lib o‘tmoqda.

Korzinka supermarketlar tarmog‘i 2023 yilda Korzinka Plus Karta dasturining 15 yilligini nishonlamoqda. Kompaniya a’zolari muhim sanani nishonlash maqsadida 15 000dan ko‘proq sovrinli katta aksiyani taqdim etdilar. “Yutuqli xaridlar” mini o‘yini bilan endi xaridorlarning har biri sovrin yutish uchun ko‘proq imkonga ega bo‘ladilar.

Naq bir oy — 18 sentabrdan 18 oktyabrgacha Korzinka mobil ilovasi orqali QR-kod skanerlanganida, 50 000 so‘mdan boshlab har bir xarid yutuqli bo‘ladi. Korzinka Plus kartasi biriktirilgan Korzinka Go ilovasi bilan onlayn xarid amalga oshirib ham omadingizni sinab ko‘rsangiz bo‘ladi.

Sovg‘aga nimalar qo‘yilgan?

Shartlarni bajargan barcha ishtirokchilar uchun 15 000dan ziyod sovg‘alar hozirlab qo‘yilgan, ular orasida:

Korzinkadagi xaridlar uchun har biri 1 500 000 so‘mdan 150 vaucher;

Korzinkadagi xaridlar uchun har biri 15 000 so‘mdan 15 000 vaucher;

a’lo kayfiyatga to‘lib-toshgan bayram tabriknomalari mavjud.

Lahzalik sovrinni yutish imkoniga qanday ega bo‘lsa bo‘ladi?

Korzinka mobil ilovasini so‘nggi talqingacha yangilab oling.

Korzinka mobil ilovasidagi virtual kartadan yoki Korzinka Go ilovasiga biriktirilgan kartadan foydalanib, 50 000 so‘mdan boshlab xarid amalga oshiring.

“Aksiya va chegirmalar” bo‘limidagi aksiya banneriga bosing va istalgan katakni (kartochkani) ochib, mini o‘yinda ishtirok eting.

Chekdagi har 50 000 so‘m bitta katak (kartochka) ochish uchun bir imkonga teng. Chek summasi qancha katta bo‘lsa, sovg‘alarni yutish uchun shuncha ko‘p imkoniyatga ega bo‘lasiz.

Mini o‘yinda ishtirok etish imkoni tovarlar uchun to‘lov amalga oshirilgani zahoti paydo bo‘ladi, yutib olingan vaucherlar esa aksiya sahifasida va “Aksiya va bonuslar” bo‘limida saqlanadi. Ularni yutuq qabul qilinganidan so‘ng 15 kun davomida sarflash mumkin.

Korzinka 2008 yilda o‘z Karta dasturiga ega bo‘ldi. Shu vaqtlardayoq bonuslar yig‘iladigan ilk kartalar chiqarilib, tarmoq xaridorlari qulay xaridlar uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘la boshladilar. Oradan 11 yil o‘tib, 2019 yilda Korzinka o‘z mobil ilovasini ham taqdim etdi va endi u bilan barcha kartalarni bir joyda jamlash hamda yig‘ilgan bonuslarni nazorat qilish imkoni yaratildi.

 2022 yilda Karta dasturi o‘zining rasmiy nomi — Korzinka Plus’ni oldi, mobil ilova esa har kun takomillashtirilib, yangi qulayliklar bilan to‘ldirib borilmoqda.

2023 yilda Karta dasturining 15 yilligi munosabati bilan kompaniya tomonidan yangi mexanikali katta yutuqli o‘yin e’lon qilindi. Korzinka tarixida ilk bor lahzalik sovrinlar yutish imkoniyati paydo bo‘ldi. Buning uchun 50 000 so‘mdan boshlab xaridlar amalga oshirish va Korzinka mobil ilovasidagi mini o‘yinda ishtirok etish zarur bo‘ladi.

Aksiya 2023 yilning 18 sentabridan 18 oktabr so‘ngigacha davom etadi va Korzinka mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki Korzinka Go ilovasiga biriktirilgan Korzinka Plus kartasi bilan amal qiladi. Mini o‘yin mobil ilova so‘nggi talqingacha yangilanganida ochiladi.

Yangiliklarni “Korzinka”ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida kuzatib borish mumkin.

Facebook: fb.com/korzinkauz

Instagram: @korzinkauz

O‘zbek tilidagi Telegram: t.me/korzinkauz

Rus tilidagi Telegram: t.me/korzinkauzb

Reklama huquqlari asosida