Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘shni mamlakatlardan tovar olib kirish yanada chegaralanishi mumkin
Davlat bojxona qo‘mitasi jismoniy shaxslar uchun tovarlarni bojsiz olib kirish qoidalarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda hukumatning tegishli qarori loyihasi e'lon qilindi.
Bugungi kunda o‘zbekistonliklar bir kalendar oyi davomida 20 turdagi tovarlarni, har birini bir donadan avtomobil (piyoda), temir yo‘l va daryo punktlari orqali mamlakatga bojsiz olib kirishi mumkin. Bunday tovarlar orasida muzlatgich, konditsioner, changyutkich, kir yuvish mashinasi, gaz yoki elektr plita, televizor, mikroto‘lqinli pech, dazmol, fen, oshxona kombayni, telefon apparati, kompyuter texnikasi, noutbuk va boshqalar bor.
Endi esa jismoniy shaxslar bir turdagi maishiy texnika vositalarini har 6 oyda 1 donadan ortiq olib kirishi taqiqlanishi mumkin.
Bundan tashqari, «boshqalar» toifasiga kiruvchi eng keng tarqalgan tovarlarni olib kirish qoidalari ham o‘zgartirilishi mumkin. Unga ko‘ra, o‘zbekistonliklar har bir nomdagi tovarni bir sutkada 2 kilogrammdan, biroq umumiy og‘irligi 10 kilogrammdan ortiq bo‘lmagan holda olib kirishi mumkin bo‘ladi. Buni bir sutkada emas, har oy etib o‘zgartirish mo‘ljallanmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 10.01.2026
6 ta postda transport tekshiruvi sinov tariqasida chegara qo‘shinlariga berildi
19:55 / 25.12.2025
Qanday holatda xorijdan havo tozalagich buyurtma qilinganda bojxonada qo‘shimcha pul to‘lashga to‘g‘ri keladi?
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
15:02 / 23.12.2025