Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqlar Do‘stligi maydoni tez fursatda ko‘ngilochar maskanga aylandi – Toshkent shahar hokimligi
Bugun tom ma'noda o‘z qiyofasini o‘zgartirgan Xalqlar Do‘stligi maydoni o‘zgacha bir shukuh, kayfiyat ulashmoqda, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.
Shomahmudovlar oilasi jamlangan majmua haykali atrofini o‘rab olgan hamshaharlarimiz onlarni va daqiqalarni suratlarda aks ettirib tarix zarvaraqlariga muhrlashmoqda.
Maydonga oilaviy tashrif buyurganlarning farzandlari uchun yashil maydoncha ham bunyod etildi.

“Bilasizmi, bu o‘zgarishlarni so‘z bilan ta'riflab bera olmayman, sababi esa oddiy. Oldinlari farzandlarimni shu maskanga olib kelar edim va madaniy hordiq olar edik. Bugun nabiralarimni olib keldim va yana oldingidek bu maskanda o‘zgacha shukuh kezayotganidan xursandmiz. Bu maskanda faqatgina bayramlarda san'at saroyida bo‘lib o‘tadigan konsertlarda odamlar to‘planardi. Hozir esa kechki paytda madaniy hordiq chiqargani chekka-chekka hududlarimizdan ham mehmonlar tashrif buyurishmoqda”, - deydi Sevara Salohiddinova.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shomahmudovlar yodgorligi dastlabki o‘rnida qayta ochilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:20
Qorli ob-havo: Toshkentda yo‘l harakatida xavfsizlik kuchaytirilmoqda
12:13 / 21.01.2026
“Judayam chang, nafas olib bo‘lmaydi” – Toshkentda yo‘lovchilar iflos avtobusda tashilmoqda
11:02 / 21.01.2026
Toshkentda hind tilidagi reklama noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi
20:18 / 15.01.2026