Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Plastik kartadagi pulni naqdlashtirishda foiz olinishi sudxo‘rlikning bir turi ekanligi aytildi
Foto: Kun.uz
Muxlis.uz saytiga yo‘llangan savollardan birida plastik kartadan pulni naqdlashtirishda foiz olinishi haqida savol berildi: “Plastik kartaga savdo qilayotib yoxud plastik kartadagi mablag‘ni naqdlashtirishda ma'lum miqdorda foiz olib qolsa bo‘ladimi. Buning hukmi qanday?”.
Bu savolga quyidagi tartibda javob berildi.
“Bismillahir rohmanir rohiym. Bu savolga javob berishdan oldin muhim bir narsa haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsak. U ham bo‘lsa ribo masalasidir. Ribo bu sudxo‘rlik degani. Ma'lumki, insonlarda ikkita zaif va nozik nuqta bor. Biri moliyaviy munosabatlar bo‘lsa, ikkinchisi ayollar bilan bo‘lgan munosabatlar. Shu bois ham mazkur ikki narsa xususida Kitobu Sunnatda ko‘p va xo‘p o‘git va ogohlantirishlar kelgan. Shariat ilmiga oid kitoblarimizga nazar solsak, kasbu kor va pul topishga oid ko‘plab hukmlar bayon qilinganligining guvohi bo‘lamiz. Bu ham bo‘lsa pul topish, mol dunyo orttirish kabi rizqqa oid masalalarning dinimizda nechog‘li muhim o‘rin tutganligidan darak beradi. Inson topayotgan pulini qayerdan kelib, qayerga sarflayotganiga jiddiy ahamiyat bermog‘i lozim.
Zero, insonning rizqi haloldan bo‘lsa, ko‘ngli xotirjam, duosi tez ijobat qilinadigan bo‘ladi. Kimning duosi mustajob ekan, dunyoda undan kuchli inson bo‘lmaydi. Nabiy alayhissalom Sa'd ibn Abu Vaqqos raziyallohu anhuga ”Ey Sa'd, halqumingni pokla, duosi ijobat qilinadiganlardan bo‘lasan!”, degan ekanlar (Imom Tabaroniy rivoyati). Boz ustiga topayotgan rizqining haloldan bo‘lishiga e'tibor bermasdan aralash - quralash, harom - harish yeb - ichish, odamlarni aldab yoki zulm qilib pul topish dunyoyu oxiratda yomon oqibatlarga sabab bo‘ladi. Bolalar tarbiyasi buziladi. Ularning yaxshilikka bo‘yin egishi, mo‘min-qobil bo‘lib voyaga yetishi qiyinlashib qoladi. Chunki harom luqma kishining tabiati va ruhiyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmay qolmaydi. Oxiratda hisob-kitobi esa hammasidan og‘ir bo‘ladi. Shu bois Qur'oni karim va hadisi shariflarda halol-pokiza narsalardan rizqlanishga targ‘ib etilar ekan, ayni chog‘da harom yo‘llar bilan kasb qilishdan qattiq qaytariladi. Ribo - sudxo‘rlik esa harom qilingan kasblarning eng avvalida turadi.
Shariatimizda umumiy ma'noda riboning ikki xil turi haqida so‘z boradi. Biri nasiya ribosi, ikkinchisi fazl (ortiqlik) ribosi deb ataladi. Nasiya ribosi ma'lum muddatga qarz berib, uni qaytarib olayotganda berilgan qarzdan ortiqroq miqdorda pul olishda namoyon bo‘ladi. Zamonaviy va xalqona ibora bilan aytganda bu protsentga pul berish deb ataladi. Fazl (ortiqlik) ribosi esa ikkita bir jinsdagi narsa ayirboshlanayotganda teng ravishda ayirbosh qilinmasligida kuzatiladi. Bunga misol tariqasida ikkita tillo yoki ikkita kumush yoxud biror valyuta bir-biri bilan ayirboshlanayotganda 100 gramm tillani 110 gramm tillaga almashtirish yoki 100 000 so‘mni 90 000 so‘mga almashtirish kabi holatlarni olish mumkin. Agar shunday qilinsa, bu shubhasiz ribo bo‘ladi va uni qilganlar qattiq gunohkor bo‘ladilar.
Abu Sa'id Al Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollalohu alayhi va sallam: “Oltinni - oltinga, kumushni - kumushga, bug‘doyni - bug‘doyga, arpani - arpaga, xurmoni - xurmoga va tuzni - tuzga almashganingizda tengma - teng va qo‘lma - qo‘l almashingiz. Endi kim ziyoda qilsa yoki ziyoda qilishni so‘rasa, bas u ribo qilibdi. Oluvchi ham, beruvchi ham tengdir.” – dedilar.
Fazl ribosi shu olti narsaning o‘zida bo‘ladimi yoki shularning illatlariga (ya'ni sifatlariga) ega bo‘lgan, shularga o‘xshagan, boshqa narsalarga ham qiyos qilinadimi? Bu masalada jumhur ulamolar mazkur narsalarning vazifasini bajaradigan va ularning xususiyatlariga ega bo‘lgan boshqa narsalar ham shular hukmiga kiradi, deydilar.
Hozirgi zamonda tillo yoki kumushning o‘rniga qog‘oz pullar muomalaga kirib ketgan. Tillo va kumush esa ayirboshlash vositasi emas, balki taqinchoq, mulk va hokazo sifatida ishlatiladigan narsalarga aylanib qolgan. Bugungi kunimizda qog‘oz pullar qadimda tilloyu kumush bajaradigan vazifani o‘taydi. Demak mazkur narsalarda ham ribo hosil bo‘lishi mumkin.
Shunga ko‘ra plastik kartadagi pulni naqd qilib berayotganda misol uchun 100 000 so‘mga 90 000 so‘m berish shar'an ribo hisoblanadi va bu ish harom bo‘ladi.

Negaki, plastikdagi pul bilan qo‘lingizdagi naqd pul bir jinsli narsa. Yuqoridagi hadisi sharifda esa bir jinsli narsalar ayirboshlanganda tengma - teng va qo‘lma - qo‘l bo‘lishi lozimligi aytilgan edi. Demak birovning plastik kartasidagi pulni naqdlab bermoqchi bo‘lgan odam hech qanday ortiqcha pul olmasligi kerak. Aks holda ribo sodir qilingan bo‘ladi. Vallohu a'lam”.
Mavzuga oid
20:01 / 16.12.2025
4 mlndan 100 mln so‘mgacha. Humans ilovasi orqali o‘g‘irlangan pullarni kim to‘laydi?
13:20 / 04.12.2025
Markaziy bank voyaga yetmaganlarning kartadan foydalanishi tartibi bo‘yicha izoh berdi
11:39 / 13.11.2025
14–18 yoshli o‘smirlarga mustaqil ravishda bank kartasi ochish huquqi berildi
13:13 / 03.11.2025