Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada kadastr inspektori va davlat muassasasi mas’ullari pora bilan ushlandi
Farg‘ona viloyatida davlat xizmatchilari tomonidan sodir etilgan pora va korrupsiya bilan bog‘liq ikki holat fosh etildi.
Foto: Videodan kadr
Birinchi holatda, Kadastr agentligining Rishton tumani bo‘limi bosh inspektori korrupsion xatti-harakat ustida ushlandi. Dastlabki surishtiruvga ko‘ra, u fuqaroga yashash hududida qo‘shimcha yer maydoni qo‘shib olingani va o‘zboshimchalik bilan qurilish qilingani uchun 84 million so‘m jarima solinishi mumkinligini aytgan. Shundan so‘ng, bosh inspektor fuqaroga “oson yo‘l”ni taklif qilib, unga jarima qo‘llamaslik va yerni qonuniylashtirib berish evaziga 400 AQSh dollari talab qilgan.
DXXning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va boshqa huquq-tartibot idoralari hamkorligida fuqaro arizasi asosida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bosh inspektor talab qilingan pulni o‘z xizmat joyi binosi oldida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ikkinchi holatda, qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxona 2025 yil oktyabr oyida “Farg‘ona suv qurilish invest” davlat muassasasining ma’muriy binosida 850 million so‘mlik mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan shaffof tenderda g‘olib bo‘lgan. Biroq ushbu muassasaning bosh muhandisi va boshqa mansabdorlar o‘zaro til biriktirib, ta’mirlash ishlarini boshlashga ruxsat berish evaziga korxona rahbaridan 5 500 AQSh dollari talab qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida ular 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ushlanib, noqonuniy xatti-harakatlari fosh etildi.
Ayni paytda har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:28 / 12.02.2026
Farg‘onada 34 kishidan iborat “koll-markaz” niqobidagi uyushgan jinoiy guruh fosh etildi
08:22 / 11.02.2026
Davlat zaxirasidagi yerni va’da qilib, 600 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi
08:18 / 09.02.2026
Surxondaryoda ekologiya bo‘limi rahbari 500 dollar pora bilan ushlandi
08:28 / 31.01.2026