Sport | 09:40 / 05.07.2017
6364
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Kubogi. «Lokomotiv» chorak finalning dastlabki uchrashuvida «Buxoro»ni yenga olmadi

Foto: Lokomotiv klubi matbuot xizmati

4 iyul kuni O‘zbekiston Kubogining 1/4 finali doirasida ikki bahs bo‘lib o‘tdi.

Avvaliga Muborakda Samarqandning «Dinamo» klubi «Mash'al» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga chiqdi (birinchi uchrashuvda samarqandliklar 1:0 hisobidagi g‘alabaga erishgandi).

Uchrashuvda mehmonlar hujumchisi Amirjon Safarov hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Asiljon Begimqulov muvozanatni tikladi. Ko‘p o‘tmasdan Sardor Sulaymonov penaltidan kiritgan goli evaziga «Dinamo» g‘alabaga erishdi.

Shuningdek Buxoroda mahalliy «Buxoro» va Toshkentning «Lokomotiv» jamoalari mazkur bosqichdagi birinchi uchrashuvni o‘tkazishdi.

Bu uchrashuvda hisob ochilmadi va barchasi Toshkentda kechadigan javob uchrashuvida hal bo‘ladigan bo‘ldi.

O‘zbekiston Kubogi. 1/4 final
Dastlabki uchrashuv, 4 iyul (seshanba)
«Buxoro» – «Lokomotiv» – 0:0. 9631 tomoshabin.
«Buxoro»: Akmal Tursunboyev, Boburjon Omonov, Ivor Veytser (Islom Xoliqov, 84), Nozim Umurov (Bahriddin Vahobov, 70), San'at Shixov, Shoxrux Gadoyev, Zohir Pirimov (Alisher Shog‘ulomov, 77), Rabbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Mirjalol Jumayev, Ivan Nagayev.
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev (Salamat Qutiboyev, 75), Sadriddin Abdullayev, Sardor Mirzayev, Timur Kapadze, Murod Bobojonov (Azizbek Omonov, 65), Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Sherzod Fayziyev, Muhammad Kone. 
Ogohlantirishlar: I. Vaytser (71), Sh. Gadoyev (90) – M. Kone (63).

Javob uchrashuvi, 4 iyul (seshanba)
«Mash'al»  – «Dinamo» – 1:2. 1423 tomoshabin.
Gollar: A. Begimqulov (54) – A. Safarov (39), S. Sulaymonov (62, penalti).
«Mash'al»: Javohir Ilyosov, Iskandar Shoyqulov (Shodmonov Abbos, 46), Safarov Maradona, Shaxzod Shaymanov, Igor Timanyuk, Asiljon Begimqulov, Avaz Agaliyev, Zafar To‘rayev (To‘reav Kenja, 70). Vladislav Pavlenko, Abdulloh Olimov (Mirzakamol Kamolov, 83), Zohir Qo‘ziboyev.
«Dinamo»: Jo‘rayev Temur, Lokayev Mirkomil, Alamxonov Hakimjon (Sulaymonov Sardor, 55) Firdavs Abdusalimov, Akmal Bozorov, Azimov Jasur, Rogak Radu, Shoxruxbek Xolmatov,  Mamajonov Orifjon, Amirjon Safarov, Davlatjonov Saidjamol (Qaxramonov Javohir, 55).
Ogohlantirishlar: I. Shoykulov (32), A. Agaliyev (90+2), B. Nosirov (barchasi – «Mash'al», 90+2).
Dastlabki uchrashuv – 1:0.

Mavzuga oid