Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh IShIDning Suriyadagi oxirgi tayanch nuqtalariga qarshi amaliyot boshlanishini ma'lum qildi
AQSh ittifoqdoshlari bilan IShIDning Suriyadagi oxirgi tayanch nuqtalarini ozod qilish bo‘yicha amaliyot boshlamoqda. Bu haqda AQSh davlat departamentining rasmiy vakili Xizer Nauert ma'lum qildi.
“Kurash og‘ir bo‘ladi, biroq biz hamkorlarimiz bilan g‘alabaga erishamiz. Suriyada hududlarni nazorat qiluvchi va odamlarni terror qiluvchi IShIDning kunlari tugamoqda”, deb aytilgan xabarda.
Shuningdek, koalitsiya Turkiya, Isroil, Iordaniya, Iroq va Livan chegaralarini jangarilardan himoya qilmoqchi.