Sport | 08:49 / 20.08.2016
40526
2 daqiqa o‘qiladi

Anons: Rio Olimpiadasining 15-kuni. O‘zbekistonlik bokschi oltin medalni qo‘lga kiritish uchun ringga ko‘tariladi

Bugun, 20 avgust, XXXI yozgi olimpiya o‘yinlarida o‘n beshinchi kun. Milliy olimpiya qo‘mitasi Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining 20 avgustdagi chiqishlari jadvalini e'lon qildi.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish

S2 1000 metr final bahsida o‘zbekistonlik sportchilar Kochnev Gerasim va Mirbekov Serik bellashuvlarga kirishadi. Bahslar Toshkent vaqti bilan 16:20da boshlanadi.

Badiiy gimnastika

Guruh bosqichining saralash bahsida o‘zbekistonlik sportchilardan Davidova Valeriya, Amirova Samira, Rastoburova Marta, Qurbonova Zarina, Ganiyeva Luiza ishtirok etadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:00-01:00 (21 avgust) bo‘lib o‘tadi.

Taekvondo WTF

Sportning ushbu turida +80 kg vazn toifasida Shokin Dmitriy xitoylik sportchi Kiao Sen bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:45da bo‘lib o‘tadi.

Boks

75 kg vazn toifasida O‘zbekiston bokschisi Bektemir Meliqo‘ziyev final uchrashuvida kubalik sportchi Lopez Arlen bilan ringga ko‘tariladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 23:00-23:30da o‘tkaziladi.

Yengil atletika

Balandlikka sakrash final bahsida o‘zbekistonlik yengil atletikachi Radzivil Svetlana bellashuvlarga kirishadi. Ushbu bahslar Toshkent vaqti bilan 04:30da (21 avgust) o‘tkaziladi.

Mavzuga oid