Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat dumasi isyon uchun umrbod qamoq jazosini birinchi o‘qishda ma’qulladi
Tuzatishlar qurolli isyon uchun jazoni umrbod qamoq jazosigacha oshirishni taklif qiladi. Qonun loyihasi Rossiya Davlat dumasida birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Foto: Fargoh
Davlat dumasi qurolli isyonda qatnashganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat 15 oktyabr, seshanba kuni uning saytida e’lon qilindi.
Vazirlar mahkamasi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 279-moddasiga o‘zgartirish kiritishni taklif qilmoqda.
Qonun loyihasiga ko‘ra, Rossiya konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darish yoki majburan o‘zgartirish yoxud hududiy yaxlitligini buzish maqsadida isyon uyushtirganlik yoki unga rahbarlik qilganlik uchun 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan.
Ishtirok etish 12 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar isyon jiddiy oqibatlarga, jumladan o‘limga olib kelgan bo‘lsa, jazo 500 ming rubldan 1 million rublgacha jarima bilan 15 yildan 20 yilgacha qamoqni tashkil qilishi mumkin. Umrbod qamoq jazosi ham nazarda tutilgan.
Rossiyada Stalinga haykal qo‘yiladi
Vologdada sovet diktatori Iosif Stalin haykali o‘rnatiladi, uning hukmronligi davrida millionlab odamlar SSSRda ommaviy qatag‘on qurboniga aylangan. Qaror «jamoatchilik murojaatlari» va tegishli so‘rov mavjudligi munosabati bilan qabul qilindi, dedi Vologda oblasti gubernatori Georgiy Filimonov 11 oktyabr kuni.
U «shaxs rolining noaniq talqiniga» qaramay, «buyuk yutuqlarni tan olish, mamlakat tarixini bilish, u bilan faxrlanish» zarurligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
15:10 / 21.11.2025
Duma «chet el agentlari» uchun daromad solig‘ini 30 foizgacha oshirdi
16:19 / 09.03.2025
Suriyada ikki kunlik to‘qnashuvlar oqibatida mingdan ortiq odam halok bo‘ldi
13:50 / 01.12.2024
Suriyadagi isyon: hukumat qo‘shini Halabdan chekindi, Rossiya aviatsiyasi shaharni bombalamoqda
15:05 / 20.11.2024