Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshkentga yana 1000 ta avtobus olib kelinadi» - transport vaziri
Transport vaziri Ilhom Mahkamovga ko‘ra, 2025 yilda Toshkentga 1000 ta yangi avtobus olib kelish, shuningdek, avtobus bekatlariga QR-kodli bir martalik qog‘oz chiptalarni xarid qilish uchun 675 dona infokiosk o‘rnatish rejalashtirilgan.
Foto: Transport vazirligi
Joriy yilda Toshkent shahri uchun qo‘shimcha 1000 ta avtobus xarid qilish rejalashtirilgan. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Transport vazirining so‘zlariga ko‘ra, 2025 yil oxirigacha avtobus bekatlarida QR-kodli bir martalik qog‘oz chiptalarni xarid qilish uchun 675 dona infokiosk ham o‘rnatiladi.
«1 fevralga qadar Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqiladi, shuningdek, yangi dastur qabul qilinishi ko‘zda tutilgan», dedi Ilhom Maxkamov.
Qayd etilishicha, ayni paytda infokiosklarning umumiy soni 5100 tani tashkil etadi, shundan 769 tasi avtobus bekatlarida o‘rnatilgan. Naqd pulda to‘lovlarni qabul qilish to‘xtatilganidan keyingi 10 kunlik, 1 yanvardan 10 yanvargacha bo‘lgan davrda avtobuslarda kunlik yo‘lovchi tashish 43,5 foizga – 871 ming kishidan 1,19 million kishiga, tushum esa 36 foizga – 8,5 milliard so‘mdan 11,5 milliard so‘mga oshgan.
Mavzuga oid
08:41
Toshkentda 115-sonli avtobus yo‘nalishi yangilandi
15:24 / 22.11.2025
Toshkentda yo‘nalishlardagi avtobuslar yangilanmoqda
13:56 / 14.11.2025
Poytaxt bilan Toshkent viloyati o‘rtasida yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi
09:43 / 13.11.2025