17:13 / 05.02.2017
24728

Tramp Putinni qotil deb atagan jurnalistning savolini bo‘lib qo‘ydi

AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanali boshlovchisi Bill O Reylining Rossiya rahbari Vladimir Putinni qoralab aytgan so‘zlariga munosabat bildirdi. Uning so‘zlaridan iqtibos The Washington Post tomonidan keltirilgan.

Tramp Rossiya prezidentini hurmat qilishi haqida aytganida jurnalist G‘arb Moskva va Putinga tomon bildirgan ayblovlar haqida eslatgan. U Putinni qotil deb atagandi.

"Qotillar ko‘p. Bizda ham qotillar bisyor. Sizningcha bizning davlat hech narsada aybdor emasmi?" — deya jurnalistning so‘zini kesgan amerikaliklar rahbari.

AQSh prezidenti shuningdek Qo‘shma shtatlar Rossiya bilan teskari bo‘lgandan ko‘ra, bu davlat bilan aloqalarni yaxshilagani ma'qul bo‘lishi haqida gapirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva AQShga terrorizmga qarshi kurashda yordam bersa, bu "juda yaxshi" bo‘ladi.

Tramp bilan uyushtirilgan suhbat bugun Fox News telekanali efirida beriladi.

Mavzuga oid
Top