Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosida Iqtisodiyot universiteti talabasi poyezd yo‘liga tushib ketdi
Foto: mytashkent
Bugun soat 13:49da Toshkent metropoliteni “Novza” bekatining ikkinchi yo‘liga Toshkent Iqtisodiyot universitetining 3-bosqich talabasi to‘satdan tushib ketdi, deb xabar bermoqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, metropoliten hamda ichki ishlar xodimlarining tezkor harakati tufayli talaba o‘z vaqtida qutqarib olingan va tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yuborilgan.
Talaba shifoxonaga ketishdan oldin o‘zining tobi qochganligi tufayli shunday voqea sodir bo‘lganligini va metropoliten xizmatining voqeada aybi yo‘qligini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026