O‘zbekiston | 14:54 / 10.11.2025
3389
2 daqiqa o‘qiladi

Tibbiyotda yangi yildan rahbar tayinlash tartibi o‘zgaradi: aniq mezonlar joriy etiladi

Yanvardan boshlab barcha tibbiyot muassasalarida rahbar tayinlashga aniq, ochiq mezonlar qo‘llanadi. «Rahbar» va «bosh shifokor» vakolatlari ajratiladi, menejerlikka o‘qigan va natija ko‘rsatgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda sog‘liqni saqlash tizimi boshqaruvini zamonaviy standartlarga o‘tkazish bo‘yicha qator o‘zgarishlar e’lon qilindi

Yangi yildan boshlab barcha shifoxona va poliklinikalarda «rahbar» (menejment, moliya, loyiha va resurslar boshqaruvi) hamda «bosh shifokor» (klinik sifat, protokollar, qo‘llanmalar) lavozimlari alohida etiladi.

Rahbarlar menejerlik malakasiga ega, natijadorligi isbotlangan tadbirkorlar orasidan tanlanadi, bosh shifokorlar esa klinik jarayonlar uchun javobgar bo‘ladi.

Aniq mezonlar va KPI joriy etiladi: xizmat sifati, bemor yo‘li (navbat, qabul tezligi), profilaktika qamrovi, uskunalardan foydalanish yuklamasi, kadrlar malakasi va budjet samaradorligi.

26 ta respublika markazi, shu jumladan viloyat va tuman sog‘liqni saqlash rahbarlari hamda oilaviy poliklinika mudirlari yangi tayinlov tartibi va baholash tizimiga o‘tadi.

Tuman va viloyat bosh shifokorlari respublika markazlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri integratsiyada ishlab, hududdagi kasalliklar turi va dinamikasidan kelib chiqib, markazlarga buyurtma shakllantiradi (davolash, profilaktika, malaka oshirish, skrining).

Maqsad — boshqaruvni professionallashtirish, klinik sifatni oshirish, profilaktika va birlamchi bo‘g‘in samaradorligini kuchaytirish hamda jamoatchilik oldida ochiq hisobdorlikni ta’minlash.

Mavzuga oid