Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Spam-bot 700 mln elektron manzil va maxfiy so‘zlarni tarmoqqa joylashtirdi
Foto: Gadgets Now
Niderlandiyadagi serverlardan birida Onliner Spambot spam-boti topildi, u 700 mln elektron pochta manzili va ularga maxfiy so‘zlarni birlashtirgan bazaga ega. Bu haqda International Business Times xabar bermoqda.
Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Troy Xantning fikricha, bu tarixdagi eng yirik ma'lumot sizib chiqishidir. «Ko‘lamni tushunish uchun, tasavvur qilib ko‘ring, bu Yevropada yashovchi barcha erkaklar, ayollar va bolalarning elektron qutilaridir», - deya ma'lum qildi Xant.
Ekspertlar pochtada tegishli ma'lumotlar bor ekanini Have I been Pwned saytida tekshirib ko‘rish va ijobiy javob bo‘ladigan bo‘lsa, maxfiy so‘zni almashtirishni tavsiya etishgan.
Avvalroq Google millionlab smartfonlarni to‘ldirilgan reallik bilan ta'minlashi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:53 / 11.12.2025
Polshadagi NATO havo himoyasi missiyasi Niderlandiyaga topshirildi
09:09 / 08.11.2025
Rasman: Niderlandiyada liberal D66 g‘alaba qozondi
15:09 / 05.11.2025
Xitoy Nexperia bo‘yicha vaziyat sabab Niderlandiyani «xaos»da aybladi
15:23 / 04.11.2025