Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har bir viloyatda kamida 1 tadan IT akademiya tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Astrum akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qilmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Uchrashuv chog‘ida prezident e’tiborni kuchaytirib, yoshlarga ozgina sharoit yaratib berilsa, bu sohani yanada yuqoriroq pog‘onalarga olib chiqish mumkinligiga ishonch bildirdi.
“Bugungi muloqotimizni o‘tkazish uchun Astrum akademiyasini bejizga tanlamadim. Bu yerda yuzlab yoshlar eng zamonaviy dasturlash ko‘nikmalarini egallayotgani, ayniqsa, o‘qish davomidayoq daromad topayotgani quvonarli albatta.
Boshqa hududlarda ham bunday IT akademiyalar tashkil qilish istagida bo‘lganlarning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz, barcha masalalarini hal qilib beramiz”, dedi davlat rahbari.
Viloyat hokimlariga bir oy muddatda bu yerga kelib, barcha sharoit va imkoniyatlarni ko‘zi bilan ko‘rib, o‘z hududida kamida 1 tadan shunday IT akademiya tashkil etish loyihasini boshlashga topshiriq berildi.
Mavzuga oid
19:17 / 26.08.2025
Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
14:58 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024