Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada kuchli shamol batutni unda o‘ynayotgan bolalar bilan birga uchirib yubordi
Foto: Facebook/"Astana - Chto? Gde? Kogda?" Guruhi
4 may kuni kuchli shamol Ostonadagi “Jannur” savdo markazi hududida joylashgan batutni unda o‘ynayotgan bolalar bilan birga uchirib yubordi. Buning oqibatida 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan 5 bola jarohat olgan. Ulardan 4 nafari shifoxonaning jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Ma'lum qilinishicha, batut 20 metrcha uchib, keyin ag‘darilib tushgan.
Guvohlarning aytishicha, voqea vaqtida batutda 10 nafarcha bola o‘ynayotgan bo‘lgan.
“Ular yerga qattiq tushganlar, ba'zi bolalarni mashinalar ostidan qidirishga to‘g‘ri kelgan. Guvohlar bolalarni shifokorlar kelguncha tinchlantirishga harakat qilishgan. Favqulodda xizmat xodimlari bolalarni topish uchun batutni kesishlariga to‘g‘ri kelgan”, deb ma'lum qildi guvohlardan biri.
Ushbu holat yuzasidan sudgacha tergov boshlangan. Tergov “Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan mahsulotlar ishlab chiqarish yoki sotish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish” moddasi bo‘yicha olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:11 / 22.06.2025
Qozog‘istonda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
20:07 / 30.05.2025
Markaziy Osiyo va Italiya rahbarlari Ostonada hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldi
15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
16:03 / 30.01.2025