Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pop tumanidagi o‘rmonda yong‘in yuz berdi
Taxminan 70 sotix maydonda quruq o‘t, shox-shabba yondi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Namangan viloyati, Pop tumani, Guliston mahallasida joylashgan Ibn-Sino o‘rmon xo‘jaligiga qarashli qir-adirlikda yong‘in sodir bo‘ldi.
Kun.uz’ga berilgan FVB ma’lumotiga ko‘ra, 12 avgust kuni soat 15:14 da yong‘in haqidagi xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, FVB 20 nafar xodimi, 2 ta texnikasi O‘rmon xo‘jaligining 20 nafar xodimi va 1 ta texnikasi yong‘in hududiga yetib borgan. Soat 15:40 da yong‘in o‘rab olinib, 16:05 da o‘chirilgan.
Taxminan 70 sotix maydonda quruq o‘t (shox-shabba) yongan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mavzuga oid
11:39
Zarafshonda savdo do‘konlarida yong‘in: 7 ta do‘kon zarar ko‘rdi
13:30 / 21.01.2026
Shayxontohur tumanida avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi
11:10 / 16.01.2026
Namanganda tezkor tadbirlarda qariyb 21 kg “gashish” muomaladan olindi
08:50 / 14.01.2026