Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda noma’lum shaxs o‘zbekistonlik taksichini otib tashladi
Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan, hozir shifokorlar uning hayoti uchun kurashmoqda, bemorning ahvoli o‘ta og‘ir.
Foto: Fontanka.ru
20 fevral kuni Sankt-Peterburg shimolidagi Pargolovo qishlog‘idagi Viborg shossesida o‘zbekistonlik taksi haydovchisiga killer tomonidan hujum qilindi. Rossiya Tergov qo‘mitasi qotillikka suiqasd moddasi bo‘yicha jinoyat ishini ochdi.
Qayd qilinishicha, qotil qora rangli Toyota Camry mashinasida bolalarni 622-sonli gimnaziyaga olib kelgan 42 yoshli o‘zbekistonlik taksichi Rustambek Aldayevning boshiga to‘pponchadan o‘q uzgan. Tergov qo‘mitasi e’lon qilgan kadrlarda yuzini qalpoq ostiga yashirgan erkak haydovchiga yaqinlashib, bola va o‘tkinchilarning ko‘z o‘ngida unga o‘q uzgani ko‘rinadi.
«Noma’lum jinoyatchi noma’lum sabablarga ko‘ra qotillik maqsadida 42 yoshli erkakning boshiga o‘qotar quroldan o‘q uzgan, shundan so‘ng, voqea joyidan qochib ketgan», deyiladi qo‘mita xabarida.
Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan, hozir shifokorlar uning hayoti uchun kurashmoqda, bemorning ahvoli o‘ta og‘ir. Hozircha hujum sabablari noma’lumligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
19:09 / 05.12.2025
Moskva meri migrantlardan norozi bo‘lganlarga qo‘lga supurgi olishni maslahat berdi
20:56 / 04.12.2025
Janubiy Koreya noqonuniy migrantlarning ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi uchun 90 kunlik dastur e’lon qildi
19:19 / 01.12.2025
Quvada erkak turmush o‘rtog‘i va ikki farzandini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda
18:37 / 01.12.2025