Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Kelajakda XXR Xalqaro Oy tadqiqot stansiyasi loyihasiga 5 mingga yaqin chet ellik tadqiqotchilarni jalb etish niyatida.
Foto: VCG
Xitoy va Rossiya rahbarligi ostidagi Xalqaro Oy tadqiqot stansiyasining (ILRS) dastlabki rejalari Oy yuzasida atom elektr stansiyasi qurishni ham o‘z ichiga oladi. Bu haqda «Chane-8» Xitoy kosmik missiyasining bosh muhandisi Pey Chjaoyuya ma’lum qildi.
Xitoy rejasiga ko‘ra, 2028 yilda Long March 5 tashuvchi raketasidan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan «Chane-8» missiyasi Oyning Janubiy qutbiga yashashga yaroqli bazani qurish uchun poydevor qo‘yishi kerak.
Missiya ikki bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqichda Oy resurslari va relefini tadqiqot etish uchun qo‘nish moduli, lunoxod va robot uchiriladi. 2030 yilda esa Xitoy Oyga «Menchjou» va «Lanyue» kosmik kemalarida ikkita astronavtni yuboradi. Shuningdek, AESdan tashqari, katta quyosh batareyalarini qurish ham rejalashtirilgan, ular bazadani elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
Kelajakda XXR Xalqaro Oy tadqiqot stansiyasi loyihasiga 50 ta davlat, 500 ta xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlari va 5 mingga yaqin chet ellik tadqiqotchilarni jalb etish niyatida.
Oyni o‘zlashtirish rejalari AQShda ham bor. NASA’ning Artemis dasturiga muvofiq, 2025 yilda Oyga amerikalik astronavtlarni uchiradi. Uzoq muddatli istiqbolda esa Qo‘shma Shtatlar u yerda doimiy baza qurishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
13:20 / 18.02.2026
“Rosatom” Vengriyadagi AES bo‘yicha Siemens Energy bilan shartnomani bekor qildi
15:29 / 17.02.2026
O‘zbekiston va Vengriya AES loyihasi bo‘yicha shartnomaviy masalalarni muhokama qilmoqda
16:37 / 11.02.2026
AES maydonchasi uchun xavfsizlik talablari loyihasi ishlab chiqildi
14:59 / 10.02.2026