Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G7 mamlakatlari Rossiya gazi uchun rublda pul to‘lashni rad etdi
O‘tgan haftada Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya gazining “do‘stona bo‘lmagan davlatlar”ga eksporti uchun to‘lov rublda amalga oshirilishini e’lon qilgandi.
Foto: AP
G7 mamlakatlari Moskvaning Rossiya gazi uchun rublda pul to‘lash talabini rad etadi. Bu haqda Germaniya energetika vaziri Peter Altmayyer ma’lum qildi.
Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Habek “to‘lovni rublda amalga oshirish nomaqbul” ekanligini aytdi va kompaniyalarni Rossiya prezidentining talabiga bo‘ysunmaslikka chaqirdi.
23 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya gazining “do‘stona bo‘lmagan davlatlar”ga eksporti uchun to‘lov rublda amalga oshirilishini e’lon qilgandi.
"Katta yettilik" guruhiga Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQSh kiradi. Ularning barchasi “Rossiyaga do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar” ro‘yxatidan o‘rin olgan.
Mavzuga oid
13:50
Ryutte: Putinni tinchlikka faqat Tramp majburlay oladi
11:11
Harbiylar Sumi viloyatidan Rossiyaga 50 nafar tinch aholini majburan olib ketdi
10:39
O‘zbekiston JSTga a’zolik jarayonida Rossiya bilan muzokaralarni yakunlovchi protokolni imzoladi
08:42