Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni avvalo mudofaani shakllantirishga chaqirdi.
Foto: AP
Ukraina 2024 yildan urushning yangi bosqichiga kirdi, bu Rossiya bosqinining boshidagidan sezilarli darajada farq qiladi, dedi mamlakatning Buyuk Britaniyadagi elchisi, Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy.
Uning ta’kidlashicha, dushman jangovar harakatlarni olib borishga yondashuvni o‘zgartirgan va endi oldinga siljishdan ko‘ra ko‘proq armiyani ham, tinch aholini ham holdan toydirishga qaratilgan taktikani qo‘llamoqda.
«Agar biz kelajak uchun o‘z mudofaamizni shakllantirmasdan faqat o‘t ochishni to‘xtatishga harakat qilsak, unda urush yana davom etadi. Va 2014 yilda boshlangan urush 2034 yilda yakunlanishi mumkin», dedi Zalujniy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilda oldinda tanklar, ularning ortida esa ko‘psonli shaxsiy tarkib harakatlangan. Ikkinchi jahon urushi namunasidagi bunday urush 2023 yil dekabr oyida tugagan va endi tanklar va askarlar «o‘rin almashgan».
«Hozir front chizig‘i asosan jangchilarni yo‘q qilishga qaratilgan», dedi u.
Ukraina qurolli kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni urush tugashini yaqinlashtirish uchun Ukraina mudofaa strategiyasi va resurslarni safarbar qilish yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
16:43
“Bizga Ukraina harbiylariga ta’minot keladigan ko‘prikni egallash topshirilgandi” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit hikoyasi
15:04
Yaponiya Politico xabariga raddiya berdi: «YeI rejasiga qarshi emasmiz»
13:05
Zelenskiy: urushni to‘xtatish uchun bandlarni AQShga topshirishga tayyormiz
12:53