Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent islom universitetida islom madaniyatini o‘rganish bo‘yicha kafedra ochiladi
Toshkent islom universitetida Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkilotining (ISESCO) maxsus kafedrasi ochiladi.
ISESCO va Toshkent islom universiteti universitet tarkibida islom madaniyatini o‘rganish bo‘yicha ISESCO kafedrasini tashkillashtirishda hamkorlik memorandumini imzoladi.

Hujjat Toshkent islom universiteti delegatsiyasining Marokashga tashrifi davomida imzolangan.
Kafedrani yaratishdan maqsad musulmon dunyosi ta'limi, fani va madaniyati tarixi va zamonaviy holatini o‘rganish, talabalarga maxsus o‘quv kurslarini chuqurlashtirilgan holda o‘qitishdan iborat.
Toshkent islom universiteti delegatsiyasi va ISESCO bosh direktori Abdulaziz bin Usmon at-Tuvayjri o‘rtasida o‘tgan muzokaralar davomida tomonlar ta'lim, fan va madaniyat sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishgan.
"Islom madaniyatini o‘rganish bo‘yicha ISESCO" kafedrasi umumiy yo‘nalishlari, tuzilmaviy tarkibi, ta'minoti, ilmiy faoliyatining asosiy masalalari, kafedrada o‘qitiladigan o‘quv fanlari belgilab olindi.