Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat yalpi majlisi o‘z ishini boshladi
O‘zbekiston Respublikasi Senatining navbatdagi, XIII yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Majlisni rasmiy ma'ruza bilan Senat raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev boshlab bergan. Rais o‘z nutqida tugallanib borayotgan joriy yilda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilib, ayrim senatorlarning faoliyatini tanqid qilib o‘tdi.
Uning ta'kidlashicha, «ayrim senatorlarning uzviy, doimiy va samarali ish faoliyatini yo‘lga qo‘ymagani» bilan bog‘liq holatlar hanuzgacha uchrab turibdi. Shuningdek, senatorlar joylardagi «dolzarb masalalarni Senat muhokamasiga kiritib borishda faol tashabbus bildirmayapti».
Majlis kun tartibiga qator qonunlarni ko‘rib chiqish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilgan. Jumladan, «Soliq va byudjyet siyosatining 2018 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilingani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, «O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida»gi qonun, «O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qonunlarni ko‘rib chiqish belgilangan.
Senatorlar shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun, «O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun hamda «Kelajak bunyodkori» medalini ta'sis etish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini ko‘rib chiqishlari kutilmoqda.
Senat yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti tinglanadi.
Bundan tashqari, 2018 yilda fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha dastur ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
09:47 / 20.12.2025
Mehnat inspeksiyasi hisoboti Senatda tanqid qilindi: nazorat 32 foizga kamaygan
18:17 / 18.12.2025
2026 yilda asosiy soliqlar bo‘yicha stavkalar o‘zgarmaydi
13:32 / 18.12.2025
Senat 2026 yilgi davlat budjetini ma’qulladi
19:25 / 14.11.2025