Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va uning atrofidagi issiqxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi
Toshkentdagi ekologik vaziyatni yaxshilashga oid prezident farmoni ijrosi doirasida, poytaxt va unga tutash hududlardagi issiqxona xo‘jaliklarini tabiiy gaz va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha shartnomalar tuzilib, uzluksiz ta’minot yo‘lga qo‘yildi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston prezidentining 24 noyabrdagi «Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–229-son farmoniga muvofiq, Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi issiqxona xo‘jaligi obektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha shartnomalar tuzishni tashkil etish belgilangan.
Shu asosda «Hududgazta’minot» AJ tomonidan issiqxona xo‘jaliklari bilan uch tomonlama shartnomalarni rasmiylashtirish jarayonlari izchil olib borilmoqda.
Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilgan Toshkent shahar va unga tutash hududlardagi 68 ta issiqxona xo‘jaligiga (jami 173,1 gektar maydonda) belgilangan tartibga ko‘ra tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan va hozirda ularga tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.
Bundan tashqari, Zangiota tumanidagi 34 ta va Qibray tumanidagi 66 ta issiqxona xo‘jaligi bilan «issiqlik energiyasini yetkazib berish» bo‘yicha shartnomalar tuzilgan. Ushbu shartnomalar asosida issiqxonalarga belgilangan miqdorda issiqlik energiyasi yetkazib berilayotgani qayd etilgan.
Hozirda tabiiy gaz tarmog‘iga ulangan barcha issiqxonalarga «zangori yonilg‘i» uzluksiz va belgilangan me’yorlarda yetkazib berilayotgani ma’lum qilinmoqda.
Mavzuga oid
16:44 / 07.02.2026
Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
08:28 / 07.02.2026
Toshkent va Qashqadaryoda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
08:25 / 07.02.2026
Centrum Air'ning Urganch-Toshkent reysiga 12 yo‘lovchi “sig‘may” qoldi
18:57 / 05.02.2026