Jahon | 08:56 / 21.08.2016
21187
2 daqiqa o‘qiladi

"Suriyadagi tinch aholining azob-uqubatlari ramziga" aylangan bolaning akasi halok bo‘ldi

Surati Suriyadagi urushda tinch aholi uchrayotgan azob-uqubatlar ramziga aylangan 5 yoshli Omran Daknishning akasi Ali Daknish Halabda halok bo‘ldi. Bu haqda Suriyada inson huquqlariga amal qilishni monitoring qilish markazi ma'lumotiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.   

Ali Daknish otasi bilan Halabdagi shifoxonaga aviazarbalar berilganda halok bo‘ldi. Bu haqda hujum guvohi ma'lum qildi. Shifokorlar bolaning o‘limiga kuchli qon ketishlar va ichki a'zolarning ko‘plab jarohatlari sabab bo‘lganini o‘rnatishgan.

Yuzlari qon va loyga belangan 5 yoshli Omranning surati dunyo jamoatchiligini larzaga solgandi. CNN jurnalisti bolakay haqidagi voqeani jonli efirda ayta turib yig‘lab yuborgandi. Omranni Suriyadagi tinch aholining azob-uqubatlar ramzi deb atashgandi. Ma'lum qilinishicha, bola tirik qolgan. 

Bu voqea tufayli YUNISEF ixtilof tomonlarini Halabdagi bolalarning "dahshatli hayotlariga" chek qo‘yishga chaqirgandi.

Mavzuga oid