Jahon | 07:25 / 30.08.2025
3426
2 daqiqa o‘qiladi

“Yevrouchlik” Eronga qarshi BMT sanksiyalarini tiklayapti

Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyat keltirmagach, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya BMT Xavfsizlik kengashiga xat yo‘llab, Tehronga qarshi sanksiyalarni yangilash mexanizmini ishga tushirdi.

Foto: irdiplomacy

Eron yadroviy dasturi bo‘yicha davom etayotgan mojaro fonida Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya BMTning Tehronga qarshi so‘nggi o‘n yil davomida to‘xtatib qo‘yilgan sanksiyalarini yangilash mexanizmini ishga tushirdi. Bu haqda dpa va Reuters axborot agentliklari "yevrouchlik"ning BMT Xavfsizlik kengashiga yo‘llagan xatiga tayanib xabar berdi.

Besh varaqdan iborat hujjatda yevrozona mamlakatlari so‘nggi 6 yil ichida Eron tomonidan yadroviy kelishuvning ko‘plab buzilishlariga e’tibor qaratdi.

2019 yildan beri Tehron o‘zining butun yadroviy infratuzilmasini modernizatsiya qildi va shu qatorda 60 foizgacha boyitilgan 408 kg uran jamg‘ardi, vaholanki bunday yuqori darajada boyitish tinch maqsadlarda bo‘lishi mumkin emas, deya ma’lum qildi «yevrouchlik» tashqi ishlar vazirlari. 

«Eronning harakatlari yadroviy energiyadan faqat tinch maqsadlarda foydalanishga aniq ziddir», — deyiladi maktubda.

Bundan tashqari, Eron Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) inspektorlari bilan hamkorlikni shu qadar qiyinlashtirdiki, uning yadroviy dasturini mustaqil tekshirish imkonsiz bo‘lib qoldi, deya ta’kidlaydi Ye3 mamlakatlari so‘nggi yillarda Eron bilan kelishuvga erishish uchun ko‘plab muvaffaqiyatsiz urinishlarga ishora qilib.

Mavzuga oid