Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chorvoq suv ombori atrofida mol boqish taqiqlanadi
Vazirlar Mahkamasining “Chorvoq suv ombori atrofidagi tog‘ va tog‘oldi hududlarda o‘simlik qoplamining qisqarishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Foto: m1r.su
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Fanlar akademiyasi va Toshkent viloyati hokimligining quyidagi takliflariga rozilik berildi:
- Chorvoq suv ombori atrofi va unga tutash hududlardagi barcha toifadagi yerlarda o‘rmon bilan qoplangan va o‘rmon barpo qilish mumkin bo‘lgan maydonlarni xatlovdan o‘tkazish, xatlov natijasi asosida belgilangan tartibda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni o‘rmon fondi yerlari toifasiga o‘tkazish hamda chorva mollarining boqilishini taqiqlash;
- Chorvoq suv ombori atrofi va unga tutash hududlarda yerlar degradatsiyasining oldini olish, kuchli shamol va changli bo‘ronlar ta'sirini yumshatuvchi ihota daraxtzorlarini barpo etish;
- geoaxborot texnologiyalari, shu jumladan, yerni masofadan zondlash va kosmik monitoring texnologiyasini keng joriy etgan holda, o‘rmon fondining hayotiy davri haqidagi aniq va doimiy ma'lumotlarni tahlil qilish, o‘rmon fondi degradatsiyasi va o‘rmonlarning noqonuniy kesilishini aniqlash va nazorat qilish tizimini yo‘lga qo‘yish;
- aholi yashaydigan va maxsus turistik zona hisoblangan tog‘ va tog‘ oldi hududlarida tabiiy omillar ta'sirini yumshatish, yerlar degradatsiyasining oldini olish, o‘simlik va hayvonot dunyosi muhofazasi va ularni qayta tiklash bo‘yicha ilmiy yechimlarni aniqlash hamda yangi texnologiyalarni joriy qilishga qaratilgan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni tanlov asosida tashkil etish.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Chorvoq suv ombori hamda uning atrofidagi tog‘ va tog‘oldi hududlarida o‘simlik qoplami qisqarishining oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi:
- tog‘ va tog‘oldi hududlarini o‘rmonlashtirish hamda yer eroziyasining oldini olish bo‘yicha mahalliy flora tarkibida uchraydigan daraxt va butalar sonini ko‘paytirish;
- kuchli shamol va changli bo‘ronlar ta'sirini yumshatuvchi ihota daraxtzorlarini barpo etish;
- chorva mollarining boqilish hududlari va chiqindi zonalarini tartibga solish;
- o‘simlik qoplamining qisqarishiga ta'sir etuvchi tizimli omillarni o‘rganishga qaratilgan keng ko‘lamdagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;
- ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini asrash;
- ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Mavzuga oid
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025
Qatag‘on qurbonlari merosini targ‘ib etish bo‘yicha dastur tasdiqlandi
19:07 / 02.11.2025