Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Magistraturaga kirish imtihonlari bir kunda o‘tkaziladi
Bugun, 26 avgust kuni, AOKA shtabida Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi vakillari ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Farhod Babashev magistratura imtihonlari haqida ma'lumot berdi.
Foto : KUN.UZ
“Hozirgi kundagi pandemiya holati, koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash hamda abituriyentlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida 2020/2021 o‘quv yili uchun abituriyent magistraturaga kirish imtihonlarini bir kunda topshiradi.
2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnoma joriy etilmaydi. Abituriyentlar o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga elektron tizim orqali kirib, imtihonlar o‘tkaziladigan joy va muddat to‘g‘risida axborot olishi mumkin bo‘ladi. Abituriyentlardan kirish imtihonlariga pasport bilan kelish talab etiladi. Ilmiy-pedagogik layoqatni tekshirish testlari bu abituriyentlarning fikrlash qobiliyati, zehni va shu kabi layoqatini aniqlash uchun joriy etiladi”, - dedi Babashev.
Mavzuga oid
13:01 / 09.01.2026
Davlat stipendiyalarini tayinlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
18:52 / 15.11.2025
"Umummilliy Konstitutsiya imtihoni" o‘tkaziladi
17:56 / 31.10.2025
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qanday topshirish mumkin: tajriba, narxlar, tayyorgarlik va u nima uchun kerak?
19:01 / 27.09.2025