Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada qalbaki "Ferrari"lar ishlab chiqaruvchi fabrika aniqlandi
Ispaniyaning Jirona politsiyasi Ferrari avtomobillarining qalbaki nusxalarini tayyorlagan uch kishini hibsga oldi. Bu haqda La Voz de Galicia nashri xabar bermoqda.
Tergov Benidorm shahrida bu qalbaki "Ferrari"lardan biri aniqlangandan keyin boshlangan. Tez orada politsiyachilar qalbaki "Ferrari"lar tayyorlanadigan ustaxonani aniqlashgan. U yerda 14 ta avtomobil topilgan va ulardan 4 tasi sotuvga tayyor holda bo‘lgan. Ustaxonada Ferrari 458 Italia, F430 Spider va 430 Scuderia modellarining oddiy "Toyota" negizida yasalgan qalbaki nusxalari aniqlangan.
Mashinalar kuzovi shishaplastikdan haqiqiy sportkarlar komponentlari qo‘llangan holda tayyorlangan.
Qalbaki Ferrari narxi 41 ming yevroni tashkil qilgan. Mashinalar maxsus sayt orqali sotilgan.
Ma'lum qilinishicha, Ispaniyada avval ham shunga o‘xshash ustaxona aniqlanib, 2013 yilda yopilgan edi.
Mavzuga oid
09:22 / 10.12.2025
Ispaniyada RFdan qochgan uchuvchini o‘ldirish ishi bo‘yicha tergov vaqtincha to‘xtatildi
13:24 / 01.12.2025
Madridda Pedro Sanchesga qarshi o‘n minglab kishi norozilikka chiqdi
10:19 / 24.11.2025
O‘zbekiston va Ispaniya zaytunchilikda hamkorlikni kuchaytiradi
08:19 / 19.11.2025