Jamiyat | 12:36 / 08.02.2018
26467
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Tabiiy shifobaxsh ichimlik Aloe Health endi yangicha ta'mlarda!

O‘zbek urf-odatlarini oilaviy marosimlar, to‘y va tantanalar, nahorda tortiladigan oshsiz tasavvur qilish qiyin. Biroq xilma-xil taomlarning birin-ketin tortilishi hammaga ham yoqimli kelmasligi mumkin. Sababi, ko‘plab insonlar xilma-xil taomlarning hazm bo‘lmasligi va noto‘g‘ri ovqatlanishdan aziyat chekib, oshqozon og‘rig‘iga duchor bo‘lishlari mumkin. 

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yangicha ta'mdagi Aloe Health ichimligi o‘zining shifobaxsh xususiyatlari bilan organizmda vujudga keladigan ayrim ko‘ngilsizliklarni oldini olishga yordam beradi. Ichimlik suvining sotuvga chiqarilayotganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa ham, Aloe Health ko‘pchilikning ko‘nglidan joy olishga ulgurdi. Kompaniya mijozlar tomonidan bildirilgan ishonch uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Aloe Health – toza aloe vera o‘simligining sharbatidan tayyorlangan tabiiy ichimlik. Endilikda mazkur ichimlik nafaqat dasturxonimizga ko‘rk bag‘ishlaydi, balki organizmingiz uchun bir necha foydali minerallarni ham ulashadi. 

Aloe vera sharbatidan tayyorlanuvchi ichimlik – sog‘lom turmush tarzini ustun qo‘yuvchi insonlar uchun tetiklashtiruvchi manbadir. 

Mo‘'jizaviy ichimlik ortiqcha toksinlarni chiqarib tashlaydi va organizmni tozalaydi. Hozir bu suvning bir necha foydali xususiyatlarini sanab o‘tamiz:

 
•  Oshqozon-ichak trakti ishini yaxshilaydi;
•  Hazm qilish tizimini yengillashtiradi;
•  Ortiqcha vazn yig‘ishga yo‘l qo‘ymaydi;
•  Diareya, qabziyat, gaz yig‘ilishi muammolarini bartaraf etadi;
•  Insonni tetiklashtiradi va yaxshi kayfiyat ulashadi. 

Aloe Health ichimligini kunning ikkinchi yarmida ichsangiz, immunitet tizimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi: viruslar bilan kurashuvchi leykotsit va makrofaglar faoliyatini yaxshilaydi. Shuningdek, ichimlik bosh og‘rig‘i va charchoqda ham yaxshi foyda beradi. 

Bir so‘z bilan aytganda, Aloe Health dori bo‘lmasa ham insonning umumiy holatini tabiiy yo‘l bilan  yaxshilashga ko‘maklashuvchi shifobaxsh suvdir. 

Ma'lumot o‘rnida: Aloe Health ichimliklari Janubiy Koreya texnologiyasi asosida O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Narxi esa hamyonbop. Siz original aloe ta'mli ichimliklardan tashqari, mango, qulupnay, anor, ananas ta'mlaridan ham bahramand bo‘lishingiz mumkin. 

Shoshiling! Foydali xususiyatlarga boy ichimlikning yangi ta'mlaridan tatib ko‘ring.

Murojaat uchun telefon:  +998998830883

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid