Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xivada «Baliq taomlari festivali» o‘tkazildi
25 iyun kuni Xorazm viloyati Xiva tumanidagi «Xiva Qorako‘l» turizm majmuasida «Baliq taomlari festivali» o‘tkazildi, deb xabar beradi Kun.Uz muxbiri.


Festival O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Xorazm viloyati kengashi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi bilan hamkorlikda viloyatda turizm salohiyatini, xususan gastronomik turizmni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda yosh oshpazlar Rahmatjon Dosmetov, Sarvar Yoqubov, Shuhrat Abdullayev, Shohruh Matkarimov, Feruzbek Xajiyev, Azamat Otamurodov, Gulora Jumaniyazova va Nodirbek Zaripov o‘z kuchini sinab ko‘rishdi.







Ishtirokchilarga baliq go‘shtidan bir necha turdagi taomlarni tayyorlash sharti qo‘yildi. Taomlarning o‘ziga xosligi, yosh oshpazlarning ish uslubi, taomlarning mazasi va tuzi, dizayni O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi a'zolari Ergash Matkarimov, Farhod Ismoilov, Mirzobek Alimov va Jasur Adamboyev tomonidan baholandi.





Musobaqada birinchi o‘rinni Ferzubek Xajiyev, ikkinchi o‘rinni Sarvar Yoqubov, uchinchi o‘rinni Azamat Otamurodov qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar, shuningdek barcha ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar, diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Mavzuga oid
13:42 / 14.01.2026
Telegram-bot orqali giyohvandlik vositasi sotganlar aniqlandi
16:53 / 06.01.2026
Xorazmda daraxtga borib urilgan Nexia haydovchisi halok bo‘ldi
09:17 / 08.11.2025
Ming dollar evaziga “ekspertiza” va’dasi: inspektor qo‘lga olindi
16:39 / 04.10.2025