Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya “konservalangan havo” bilan savdo qiladi
Janubiy Koreya atrof-muhitning ifloslanishi ortib borayotgani tufayli “konservalangan havo”ni sotishni boshlamoqda, deb xabar berdi Ryonxap agentligi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, tog‘ havosiga ega ballonchalarni ishlab chiqarish bilan mamlakat janubi-sharqidagi Xadon uyezdi Kanada kompaniyalaridan biri bilan birgalikda shug‘ullanadi.
Ushbu haftada Iysin posyolkasida 99 kvadrat metrlik maydonga ega fabrika ochiladi, u yerda sarv hidiga ega toza havo bilan to‘ldirilgan ballonchalar ishlab chiqariladi. Bunday havoni Chirisan tog‘larida 700-800 metrlik balandlikdan olishadi.
Taxminlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada shunday “konservalar” narxi 13 dollar bo‘ladi. Zavod bir kunda ikki mingta havoli ballonchani ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Loyiha muvaffaqiyat qozonadigan bo‘lsa, Xadon havosi Xitoy, Hindiston va Yaqin Sharqqa ham yetkazib beriladi.

Mavzuga oid
12:26 / 19.02.2026
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol umrbod ozodlikdan mahrum etildi
20:42 / 16.02.2026
«Janubiy Koreya - Markaziy Osiyo» birinchi sammiti sanasi belgilandi
14:16 / 03.02.2026
O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga vizani qanday olishlari mumkin?
15:32 / 02.02.2026