Jahon | 08:15 / 14.07.2025
3303
1 daqiqa o‘qiladi

BMT qarorgohida Falastin bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

Konferensiya dastlab 17-20 iyun kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq Isroilning 13 iyun kuni Eronga hujumi ortidan qoldirilgan edi.

Foto: AP / EDUARDO MUNOZ

Falastin muammosini tinch yo‘l bilan hal qilish va ikki davlat yechimini yaratish yo‘llari muhokama etiladigan Falastin bo‘yicha xalqaro konferensiya BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida 28-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Konferensiyaga hamraislik qiladigan Fransiya va Saudiya Arabistonining BMTdagi doimiy vakolatxonalari BMTga a’zo davlatlarga taklifnoma jo‘natdi.

«Falastin masalasini tinch yo‘l bilan hal qilish va ikki davlat barpo etish bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro Falastin konferensiyasi 28-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi», — deyiladi maktubda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi rezolyutsiyasi bilan tashkil etilgan Falastin bo‘yicha xalqaro konferensiya dastlab 17—20 iyun kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq Isroilning 13 iyun kuni Eronga hujumi ortidan u qoldirildi.

Mavzuga oid