Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank 300 mln dollar miqdoridagi valuta zaxirasi qanday maqsadga yo‘naltirilishi mumkinligini ma'lum qildi
Markaziy bank joriy yilning 9 oyidagi ichki valuta bozoridagi holat va 2020 yil yakuniga qadar kutilayotgan tendensiyalar yuzasidan ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi ikki oy davomida karantin bilan bog‘liq cheklovlarning yumshatilishi hamda iqtisodiy faollikning asta-sekinlik bilan tiklanib borishi ta'sirida ichki valuta bozorida xorijiy valutaga bo‘lgan talabning nisbatan yuqori darajada bo‘lishi kuzatildi. Bu asosan karantin sharoitlarida qondirilmagan talabning ma'lum bir kechikish orqali yuzaga chiqishi bilan izohlangan.

2020 yilning yanvar-sentabr oylari davomida ichki valuta bozorida xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan jami 10,7 mlrd. dollarlik xorijiy valuta sotib olindi.
“Mazkur davrda ichki valuta bozorida xorijiy valutadagi umumiy taklif hajmi 7,0 mlrd. dollarni tashkil etib, qolgan 3,7 mlrd. dollarlik talab esa Markaziy bankning intervensiyalari hisobiga to‘liq qondirildi”, - deyiladi ma'lumotda.

Ta'kidlanishicha, hisobot davrida ichki valuta bozoridagi Markaziy bankning intervensiyalari oltin-valuta zaxiralarining neytralligi tamoyiliga asoslangan holda, mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan oltin miqdori doirasida amalga oshirildi.

“Markaziy bank kelgusi oktabr-dekabr oylari davomida ham ushbu tamoyilga asosan ichki valuta bozoriga intervensiyalarni amalga oshirib boradi. Bunda ichki valuta bozorida xorijiy valutaga bo‘lgan talabning sezilarli darajada oshishi kuzatilgan holatlarda, zaruriyatga qarab, yil boshidan oltin xaridi va amalga oshirilgan intervensiya operatsiyalari o‘rtasidagi tafovutdan hosil bo‘lgan 300 mln. dollar miqdoridagi valuta zaxirasi ham ushbu maqsadlarga yo‘naltirilishi mumkin”, - deya ma'lum qildi Markaziy bank.
Mavzuga oid
20:16
“Yangi bank”ni tugatish komissiyasi ish boshladi
11:59 / 15.01.2026
Yangi bank'ning litsenziyasi bekor qilindi
19:58 / 14.01.2026
10 ta tijorat banki va 1 ta mikromoliya tashkilotiga jarima qo‘llandi
12:24 / 10.01.2026