Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ahmadjon Odilov olamdan o‘tdi
Taniqli jamoat arbobi Ahmadjon Odilov bugun 92 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqdagi xabar Kun.uz ning bir necha manbasi tomonidan ma'lum qilindi.
Ahmadjon Odilov 1925 yilning 1 mayida Namangan viloyati Pop tumanining G‘urumsaroy qo‘rg‘onida dunyoga kelgan. 1960-70-yillarda Pop tumanidagi Lenin nomli kolxoz raisi bo‘lgan. 1970-yillar oxirida Pop tumani agrosanoat kompleksiga rahbarlik qilgan. 1980-yillar o‘rtasida SSSR prokuraturasi tergovchilari Gdlyan va Ivanov tomonidan «Paxta ishi» bo‘yicha ayblanib qamalgan va Butirka qamoqxonasida o‘tirgan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishishganidan so‘ng — 1991 yilning dekabrida qamoqdan ozod etilgan. 1993 yilning 26 iyunida Qo‘qon shahar sudi uni 5 tonna mineral o‘g‘itlar o‘g‘irlaganlikda ayblab, 4 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan. Keyinchalik sovet davrida qilgan iqtisodiy jinoyatlari uchun yana 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Umumiy hisobda u yana 16 yil qamoqda o‘tirib, 2008 yilning 5 iyunida 83 yoshida ozodlikka chiqqan edi.

Ahmadjon Odilov Sharof Rashidov bilan
U sobiq ittifoq davrida sotsialistik mehnat qahramoni, uch karra Lenin ordeni, oktabr revolyutsiyasi ordeni bilan taqdirlangan.
Mavzuga oid
08:02 / 06.09.2024
Sharof Rashidovning o‘g‘li Ilhom Rashidov vafot etdi
17:13 / 18.11.2023
«Loyihada pastroq qurilishi kerak bo‘lgan» – Toshkent teleminorasi nega rejadan balandroq qurilgandi?
12:45 / 29.07.2023
«Undan hatto Brejnev ham qo‘rqqan» – «Paxta ishi» va Afg‘on urushi tashkilotchisi Andropov nega Rashidovga qasdlashib qolgandi?
16:17 / 05.11.2022