Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobil raqami belgisi qanday tiklanadi?
Foto: "Kun"
Avtomobilning davlat raqami belgilarini yo‘qotish va shikastlash sabablari talay bo‘lishi mumkin – YTHdan tortib, yovuz niyatlilarning harakatlarigacha. Norma.uz davlat raqamini tiklashning qonuniy tartibi xususida ma'lumot berdi.
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Xolmatjon Saydaliyev so‘rovga javobda qayd qilishicha, davlat ro‘yxat raqami belgilarining yo‘qolganligi, buzilganligi (singanligi) bois transport vositasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining 26.05.1997 yildagi 256-son qarori bilan reglamentlangan. Xususan, 1-ilovaga binoan O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish qoidalari belgilangan.
Xususiy yoki korporativ avtomobilning raqam belgilari yo‘qotilgan, o‘g‘irlangan, buzilgan yoki singan taqdirda qanday yo‘l tutish lozim?
• DYHXX hududiy bo‘limlariga ariza (belgilangan shaklda) yozish.
• O‘rnatilgan davlat bojini to‘lash.
• Transport vositasini ko‘rik uchun taqdim qilish.
Qoidalarning 5-bobi 7-bandiga binoan yaroqsiz holga kelib qolgan, shikastlangan yoki buzilgan davlat raqami belgilari ta'mirlanmaydi va yangilari beriladi. Bunda shikastlangan yoki buzilgan davlat raqami belgilari o‘rniga transport vositasi egasining arizasiga asosan ularning dublikati berilishi mumkin. Dublikatlar DYHXX hududiy organlarining buyurtmanomasi asosida tayyorlanadi. Dublikat olingungacha bo‘lgan davrga yig‘im undirilmasdan ilgari foydalanilgan davlat raqami belgilari beriladi.
Avtomobilga davlat raqami belgilarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘imlar miqdori qanday?
• yo‘qotilgan (buzilgan) DRRB o‘rniga DRRB berish uchun - 4,5 EKIH;
• ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida guvohnoma berish uchun EKIHning 20 foizi;
• qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun – EKIHning 10 foizi;
• majburiy texnik ko‘rik uchun (ko‘rikdan o‘tish muddati kelgan taqdirda) - EKIHning 10 foizi.
Mavzuga oid
16:19 / 18.09.2025
Sirdaryoda davlat raqam belgisini o‘zgartirib, ismini yozib olgan haydovchiga qonuniy chora ko‘rildi
12:45 / 06.09.2025
Keyingi yildan O‘zbekistonda ham ismni mashinaga raqam qilib qo‘ysa bo‘ladi
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
14:57 / 01.05.2025