Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikaning Gulf kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarini ochmoqchi
Kompaniya vitse-prezidenti Kreyg Kramer so‘zlariga ko‘ra, yaqin 2 yil ichida g‘arb standartlariga javob beradigan kamida 100 ta zamonaviy va qulay yoqilg‘i quyish shoxobchalari ishga tushiriladi.
Foto: Wikimedia
Amerikaning Gulf kompaniyasi O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini ochishni va aviatsiya sohasiga investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya vitse-prezidenti Kreyg Kramer 18 fevral kuni Vashingtonda prezident Shavkat Mirziyoyevning Amerika biznesi va moliyaviy institutlari vakillari bilan uchrashuvida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya yaqin ikki yil ichida g‘arb standartlariga javob beradigan kamida 100 ta zamonaviy va qulay yoqilg‘i quyish shoxobchasini ishga tushirmoqchi.
«Shoxobchalar g‘arb standartlari asosida quriladi va yuqori sifatli yoqilg‘i bilan ta’minlanadi. Ushbu davr mobaynida biz chakana aktivlarga kamida 150 mln dollar investitsiya kiritamiz. Moliyalashtirish to‘liq ta’minlangan. Har bir obekt hajmi va dizayni bo‘yicha zamonaviy hamda o‘ziga xos bo‘ladi», dedi u «O‘zbekiston 24» telekanalining lavhasida.
Bundan tashqari, magistral yo‘llar bo‘ylab sayyohlar va tranzit tashuvchilar uchun transport markazlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
«Ushbu loyihalar har bir obektda kamida 30 ta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Umumiy hisobda O‘zbekiston fuqarolari uchun 3 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi», dedi Kramer.
U infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha turli hududlardan taklif olganini ma’lum qildi.
«O‘zbekistonning barcha viloyatlari hokimidan butun mamlakat bo‘ylab qariyb 200 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasini rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar oldim. Bu sizning mamlakatingizda ishbilarmonlik muhiti ochiqligini va investorlarning ishonchi yuqori ekanini yaqqol namoyish etadi», dedi Kramer.
Gulf Oil — Gulf brendi ostida faoliyat yurituvchi Amerika neft kompaniyasi. Hozir AQSh hududida 36 shtat va Puerto Rikoda joylashgan 1100 dan ortiq yoqilg‘i quyish shoxobchalarini boshqaradi. Gulf kompaniyasining Markaziy Osiyodagi operatsion bazasini Toshkentda joylashtirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
23:05 / 19.02.2026
Tramp «Tinchlik kengashi» yordamida BMT rolini kuchaytirish rejalarini e’lon qildi
22:36 / 19.02.2026
Qozog‘iston va yana to‘rt davlat G‘azodagi xavfsizlik kuchlariga qo‘shin yuboradi
22:15 / 19.02.2026
O‘zbekiston G‘azoda uy-joy binolari, bolalar bog‘chasi, maktab va shifoxonalar qurishga tayyor – Shavkat Mirziyoyev
18:49 / 19.02.2026