Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 avgustdan bazaviy hisoblash miqdori 412 ming so‘m bo‘ladi
Bazaviy hisoblash miqdori ham 10 foizga oshadi. Eng kam ish mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori esa oyiga 1 mln 271 ming so‘m bo‘ladi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda 1 avgustdan bazaviy hisoblash miqdori 412 ming so‘m bo‘ladi. Bu haqda prezidentning «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi farmonida so‘z boradi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 avgustdan boshlab:
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 271 000 so‘m;
- bazaviy hisoblash miqdori — 412 000 so‘m (amalda 375 000 so‘m) etib belgilandi.
Bundan tashqari, 2025 yil 1 iyuldan boshlab pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 471 000 so‘m bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1 iyuldan pensiya, nafaqalar, 1 avgustdan esa ish haqi hamda stipendiyalar 10 foizga oshiriladi.
Mavzuga oid
16:44 / 25.08.2025
O‘zbekistonda real ish haqi o‘sishi mintaqa davlatlariga nisbatan ortda qolyapti – MB
07:37 / 25.08.2025
Mahalliy ijro hokimiyati organlarida – mehnatga haq to‘lashning yangi tizimi
13:40 / 07.08.2025
Xorazmda 119 nafar xodimga 1,3 mlrd so‘mlik ish haqi undirib berildi
17:37 / 25.07.2025