O‘zbekiston | 08:30 / 21.08.2023
15014
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida ketma-ket 3 kun dam olishadi

Yaqinlashayotgan bayram munosabati bilan 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni beriladi.

Sentyabr oyi boshida barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishlari mumkin bo‘ladi.

1-sentabr, juma – Mustaqillik kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan bayram kuni;

2-sentabr, shanba:

- 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni (“2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmon);

- 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun odatdagi dam olish kuni;

3-sentabr, yakshanba – barcha uchun odatdagi dam olish kuni.

31 avgust, payshanba kuni xodimlar ishdan 1 soat vaqtli ketishlari mumkin bo‘ladi. Boisi Mehnat kodeksi 187-moddasiga binoan, ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Ertaga 1-sentabr — Mustaqillik kuni, ya’ni ishlanmaydigan bayram.  Demak, bugun ishga chiqqan xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga haqli.

Bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.

Дилшод Абдуқодиров
Tayyorlagan Дилшод Абдуқодиров

Mavzuga oid