Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirilib, yagona oliy organ tashkil etiladi
Joriy yilning 21 fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni qabul qildi.
Ushbu farmonda sud hokimiyatining ikki oliy organi –O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudining mavjudligi sud tizimini boshqarish vazifalarining takrorlanishiga, yagona sud amaliyoti ta'minlanmasligiga olib kelayotgani aytiladi.
Farmon matnida shunday deyiladi: “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi va Mudofaa vazirligining 2017 yil 1 iyundan:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudini birlashtirish, fuqarolik, jinoiy, ma'muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini tashkil etish;
ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma'muriy nizolarni, shuningdek ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlarini, tuman (shahar) ma'muriy sudlarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlarning 159 ta shtat birligini qisqartirish va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining qo‘riqlash vzvodini tugatish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay'ati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar shtat birliklarini sudyalar va harbiy sudlar xodimlaridagi harbiy xizmatchilar huquqiy maqomi, shu jumladan harbiy xizmatchilar uchun belgilangan huquq, imtiyoz va afzalliklar saqlanmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hay'atini tugatib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay'atini tashkil etish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari etib o‘zgartirish;
ishlarni birinchi instansiyada ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan 71 ta tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarini tashkil etish;
amaldagi sud majlisi kotibi lavozimini tugatib, belgilangan umumiy shtat birligi doirasida sudlarning tuzilmalariga sudya katta yordamchisi, yordamchisi lavozimlarini kiritish, ularga tegishli ravishda Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning 10–12 va 8 razryadlarini belgilash to‘g‘risidagi takliflari ma'qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki, xo‘jalik sudlarining amaldagi sudyalari vakolat muddati tugaguniga qadar Oliy sud va tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlarining sudyalari sifatida o‘z faoliyatini amalga oshirishni davom ettiradilar”.
Mavzuga oid
19:07 / 13.01.2026
O‘zbekistonda sud qanchalik mustaqil va erkin? – faollar bilan suhbat
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
20:50 / 06.01.2026