Jahon | 17:12 / 10.11.2016
5271
1 daqiqa o‘qiladi

Singapur davlat xizmatchilari dunyoda birinchi bo‘lib Workplace xizmatidan foydalanadi

Singapur davlat mulozimlari kelasi yildan boshlab, xizmat vazifalarini bajarish maqsadida yaqinda Facebook kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Workplace muloqotidan foydalanadi. Bu haqda, Singapur xodimlar bilan ishlash davlat agentligi rahbari Piter Ong ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Singapur hukumati ushbu yangilikdan foydalanuvchi dunyodagi ilk mamlakat bo‘ladi. Bunda mobil texnologiyalardan foydalanishda xavfsizlik jihatlariga jiddiy e'tibor qaratilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Facebook kompaniyasi Workplace xizmatini oktabr oyi boshida taqdim qilgan edi. U jahon bo‘ylab hamkasblar bilan real vaqtda muloqot olib borish, guruhlarda muhokama qilish va taqdimotlarni ko‘rish imkonini beradi. Ayni vaqtda, dunyodagi mingdan ortiq tashkilot sinov tariqasida undan foydalanadi. Bu xizmat ayniqsa, Hindiston, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyada keng tarqalgan. 

Mavzuga oid