O‘zbekiston | 18:30 / 30.11.2017
46982
1 daqiqa o‘qiladi

Manba: O‘zbekiston Rossiyadan 12ta harbiy vertolyot sotib oldi

© RIA Novosti / Yevgeniy Biyatov

O‘zbekiston «Rosoboroneksport» bilan respublika Harbiy havo kuchlari uchun 12ta Mi-35 hujumkor harbiy vertolyotlari sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Bu haqda RIA Novosti o‘zining vaziyatdan xabardor manbasiga asoslangan holda xabar tarqatdi.

«Mi-35 vertolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga «oxirgi nuqta qo‘yildi». Barcha shartlar kelishib olindi, yetkazib berish ishlari 2018 yilda boshlanadi», degan agentlik suhbatdoshi.

U bu borada kelishuv RF bosh vaziri Dmitriy Medvedevning O‘zbekistonga tashrifi doirasida amalga oshirilganini aytgan. Hozircha vertolyotlarni O‘zbekistonga yetkazib berish grafigi to‘g‘risida ma'lum qilinmadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid