Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FHDYo adliya tizimiga o‘tadi
2020 yil 1 apreldan boshlab FHDYo organlari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi
Foto: Norma.uz
Prezident “Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, 2020 yil 1 apreldan boshlab, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlarining ishini tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, huquqni qo‘llash amaliyotini muvofiqlashtirish, “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish va FHDYo organlarining hududiy arxivlariga rahbarlik bo‘yicha funksiyalarni yuklagan holda FHDYo organlari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Davlat xizmatlari agentligi tizimida FHDYo organlari faoliyatini samarali tashkil etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
o‘n kun muddatda “Mahalla tizimi xodimlari kuni”ni belgilash bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Mavzuga oid
13:40 / 13.10.2025
Koreyadagi elchixona FHDYoni qayd etish bo‘yicha xorijdagi elchixonalar orasida 1-o‘rinda turibdi
18:46 / 08.09.2025
O‘zbekiston sud ekspertlari palatasi tashkil etiladi
22:12 / 05.09.2025
Qonunchilikni sodda tilda sharhlovchi Adliya TV internet sahifasi ishga tushiriladi
19:06 / 05.03.2025