Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida bezorilik qilgan shaxs ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Foto: Tergov departamenti
2020 yil 12 aprel kuni taxminan soat 12:20da 40 yoshli A.N. spirtli ichimlik iste'mol qilib, mast holda jamoat joyi hisoblangan Angren shahri Bo‘ston MFYda joylashgan spirtli ichimliklar do‘konining ichida bo‘la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan 44 yoshli Sh.M. bilan o‘zaro janjallashgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u Sh.M.ga oyoqlari bilan bir necha marotaba tepib tan jarohati yetkazgan. Natijada, Sh.M. olgan tan jarohatlari bilan Angren shahar Markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Sh.M.ga «o‘rtacha og‘irlik»dagi tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.N.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. A.N. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Mavzuga oid
13:47 / 07.01.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchilar o‘rtasidagi janjal bo‘yicha chora ko‘rildi
09:01 / 06.01.2026
Toshkentda pichoq bilan qo‘shnisining uyini taqillatgan shaxs ushlandi
22:46 / 29.12.2025
Istanbuldan Samarqandga uchgan samolyot mast yo‘lovchi tufayli favqulodda qo‘ndi
11:28 / 23.12.2025