Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manzil koloniyadan qochib, 3-sinf qizni zo‘rlagan pedofil ishi sudda ko‘rilmoqda
Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 2 ta moddasi bo‘yicha ayblanmoqda. Jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ohangaronda manzil koloniyasidan qochib, 3-sinfda ta’lim oladigan qizni zo‘rlagani aytilgan M.T.ga oid jinoyat ishi sudga chiqdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishi JIB Ohangaron shahar sudida ko‘rib chiqilmoqda. 1994 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan M.T. voyaga yetmagan jabrlanuvchi, 9 yoshli S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi va 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Sud jarayoni yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirilgan.
Ohangaron tumanidagi 50-son manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan M.T. 16 oktyabr kuni “P.B.” korxonasiga foydali mehnatga jalb qilinganida “noma’lum tomonga ketib qolib”, yosh qizni zo‘rlagani aytilgandi. U shu kunning o‘zida protsessual tartibda ushlangan va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid
19:13 / 24.12.2025
Namanganda 7 yoshli qizchani zo‘rlagan pedofil 18 yilga qamaldi
14:56 / 17.12.2025
Oliy sud: 273-modda bilan sudlanganlar soni 2,8 mingdan oshdi
15:39 / 27.11.2025
Zo‘rlangan qiz, o‘g‘irlangan mashina va qotil qochoq – manzil koloniyadan qochib, jinoyat sodir etish holati ko‘paymoqda
13:11 / 08.11.2025